Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xose Venansio Lopes iste’foga chiqadi

Xose Venansio Lopes iste’foga chiqadi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Jahon chempionati 3-turidan o‘rin olgan Kosta-Rika - O‘zbekiston (5:3) uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Birinchi bo‘lim biz uchun yomon o‘tdi, lekin ikkinchi bo‘limda yuqori ishtiyoq tufayli yaxshi o‘ynadik. Qizil kartochka barchasini o‘zgartirib yubordi. O‘yindagi eng muhim vaziyat shu edi», dedi u.

Bosh murabbiy jahon chempionatida bunday yomon ishtirok etganimizning sabablariga to‘xtalar ekan, muxlislardan uzr so‘radi.

Shuningdek, uning fikricha, mundialga juda katta e’tibor qaratib yuborilgani xato bo‘lgan. Yetakchi futbolchilar chempionat oldidan kutilmagan holda og‘ir jarohat olishgan.

«Bu normal holat emas, ammo biz bunday omadsizlikka uchradik. Ravshan barmog‘ini sindirib oldi. Bu jarohatlarga mashg‘ulotlar sabab bo‘lmadi. Bunday jarohatlar qachon ro‘y berishini nazorat qila olmaymiz, afsuski. Men butun o‘zbek xalqidan va muxlislardan uzr so‘rayman. Mening fikrimcha, biz mundialga juda katta e’tibor qaratib yubordik», qayd etgan u.

Terma jamoadagi kelajagi haqida so‘ralganda, u: «men shartnomamni hozir yakunlayman», deb aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring