Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya bosh vaziri Olimpiada ko‘chirilishini tasdiqladi

Yaponiya bosh vaziri Olimpiada ko‘chirilishini tasdiqladi

Yaponiya hukumati to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasini muxlislarsiz o‘tkazmoqchi emas. Bu fikrni shaxsan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ham tasdiqladi.

Buning uchun esa hukumat Olimpiadani kechroq muddatda o‘tkazilishiga ham tayyor.

«Musobaqani kechiktirish qarorini qabul qilishdan qochib qutula olmaymiz. Hozirgi sharoitda Olimpiadani to‘laqonli o‘tkazib bo‘lmaydi. Sportchilarning va boshqa ishtirokchilarning salomatligi biz uchun birinchi o‘rinda turadi», — dedi Abe.

Manba: olamsport.com

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring