
«Air Astana» yana O‘zbekistonning ikki shahriga uchish huquqini oldi
Ruxsatnoma «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan taqdim etilgan.

Qozog‘iston aviakompaniyasi O‘zbekiston bozoriga jiddiy qiziqmoqda: monopoliyaga chek qo‘yiladimi?
Rivojlanib borayotgan qo‘shni davlatdagi aviatsiya tizimi, aeroportlari, xizmatlari va eng asosiysi, parvoz narxlari barchaga qiziqarli bo‘lishi tabiiy. Ayniqsa, monopol «O‘zbekiston havo yo‘llari» narxlarni paydar-pay oshirib borayotgan sharoitda qo‘shnilarda aviaparvozlar ancha arzon ekani haqidagi ma’lumotlar quloqqa chalinadi.