Alixonto‘ra Sog‘uniy hayotiga bag‘ishlangan filmning taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida yaqinda o‘tkazilgan Turk dunyosi hujjatli filmlar festivalida sovrinli o‘ringa loyiq ko‘rilgan “Turkiston qayg‘usi” filmining taqdimoti o‘tkazildi.
Alixonto‘ra Sog‘uniy qay tarzda o‘g‘irlab ketilgan edi?
Sovet Ittifoqining shunday biqinida vujudga kelgan, ko‘pgina mamlakatlar tan olishi muqarrar bo‘lib qolgan Sharqiy Turkiston atalmish musulmon davlati qonxo‘r Stalinni dahshatga solgan edi. Shu sababdan Stalinning fosiqlarcha tuzgan rejasi va bolshevistik ruhda amalga oshirilgan siyosiy nayrang oqibatida Alixonto‘ra 1946 yil 28 iyunda G‘ulja shahridan o‘g‘rincha Toshkentga keltiriladi.

