Shogirdlari Garvardda o‘qiydigan farg‘onalik talaba (video)
Farg‘onadagi maktabdan xalqaro universitetgacha bo‘lgan yo‘l qanday kechgan? IELTS 8.0 va SAT 1500 natijalariga qanday erishilgan? 100 foizlik grantni qo‘lga kiritish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Talaba bo‘la turib, qanday qilib boshqa yoshlarni ham dunyoning eng nufuzli oliygohlariga tayyorlash mumkin?

