Jizzaxdagi konferensiya: O‘zbekiston bazalt sanoati yangi rivojlanish bosqichiga chiqmoqda
12 sentyabr kuni «Basalt Uzbekistan» kompaniyasi Jizzaxda bazalt sanoatini rivojlantirish va norma ijodkorligi masalalariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazdi. Tadbirda 140 nafar ishtirokchi - vazirlik va idoralar, Savdo-sanoat palatasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar, shuningdek, xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

