Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boburiylar izidan: Pokistonning boy tarixi va turizm imkoniyatlari

24/09, 16:53

Pokiston deganda ko‘pchilikning ko‘z oldiga baland tog‘lar, Islomobod yoki gavjum shaharlar keladi. Ammo mamlakatni yaqindan ko‘rganimizda, uning sayyohlik imkoniyatlari ancha keng ekaniga guvoh bo‘ldik. Ayniqsa, Lahor — tarixni sevgan kishi uchun alohida bir olam.