Bola kitob orqali o‘z savoliga nom topadi
U ba’zan jim qoladi, ba’zan injiqlashadi, ba’zan esa hech qanday sababsiz yig‘laydi, xafa bo‘ladi, xayol surib yuradi. Kattalar buni shunchaki injiqlik yoki o‘tkinchi kayfiyat deb qabul qilishi mumkin. Ammo aslida bola javob topolmayotganidan emas, u hatto o‘z savolini ham nomlay olmayotganidan qiynaladi.

