
Yangizelandiyalik mergan masjidga hujum qilish uchun bir yildan ortiq tayyorgarlik ko‘rgan
2019-yil 15-mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida ikkita masjidda terrorchilik harakati sodir etilgan. Yovuz niyatli odam ibodatga keluvchilarni shafqatsizlarcha o‘qqa tuta boshlagan. Buyam yetmaganday, o‘z qilmishini internetda namoyish etgan. O‘shanda 50 kishi, jumladan, ayollar va bolalar jon berishgan.