
Biz o‘z bosqinchisini ko‘kka ko‘targan ilk millat sifatida tarixda qolamizmi?
Bundan 2-3 yil avval Andijonda, arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim ziyoratgohi davlat mablag‘lari hisobidan qayta ta’mirlangani haqida o‘z munosabatimni bildirgandim, Qilichmozor qishlog‘i hududida Qutayba o‘z safdoshlari tomonidan o‘ldirilgach, keyinchalik bu yerda uning maqbarasi bunyod etilgan. Ancha ta’mirtalab ahvolga kelib qolgach, Andijon viloyati hokimligi tomonidan bu qadamjo obod qilindi.

Shahid bobolarimizga ham yodgorlik o‘rnatiladimi? Toshkentda chor istilosiga daxldor butxona qayta tiklanmoqda
Toshkent shahri «Kamolon» mahallasida joylashgan butxona (chasovnya) madaniy meros yodgorligi sifatida qayta tiklanmoqda.