
Samarqand eng toza shahar bo‘lishi kerak! Bu bo‘yicha nimalar qilinmoqda?
Zamonaviy dunyoda nafaqat chiqindilarni o‘z vaqtida tozalash, balki undan o‘z o‘rnida foydalanish ham juda muhim. Ha, to‘g‘ri, aynan "foydalanish" haqida gap ketmoqda, zero barcha ilg‘or mamlakatlarda chiqindidan xom-ashyo va elektr energiyasi olish allaqachon urfga kirgan. O‘zbekiston ham shu yo‘ldan ketmoqda.

Yurtimizda chiqindilarni qayta ishlaydigan korxonalar soni oshib bormoqda
15 noyabr kuni butun dunyoda chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni hisoblanadi va shu kuni jamoatchilik e’tibori chiqindilardan foydali xomashyo ishlab chiqarish lozimligiga qaratiladi.

Xitoy kompaniyalari bilan O‘zbekistonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarish bo‘yicha memorandum imzolandi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining «Chengdu Environment Investment Group» davlat korxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Chiqindilardagi ikkilamchi xomashyo endi faqat birja orqali sotiladi
2024 yil 1 iyundan chiqindilardagi ikkilamchi xomashyoni faqat birja orqali sotish yo‘lga qo‘yiladi. Bu vazifa O‘zbekiston Prezidentining 2024 yil 4 yanvardagi «Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 5-son Farmoniga muvofiq belgilangan.