
1 mlrd so‘mdan ortiq energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida «R.U.» xususiy korxonasi rahbari T.A. korxona oshxonasida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga yashirincha ulanib, jami 416,3 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh etildi.

Surxondaryoda 300 mln so‘mdan ortiq elektr energiyasi o‘g‘riligi fosh qilindi
«O‘zenergoinspeksiya» Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Termiz tumanida joylashgan «Z. Sh.» MChJga qarashli umumiy ovqatlanish binosida elektr hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.