Bir oyda 135,6 mlrd so‘mlik energiya resurslari o‘g‘riligi sodir etildi – O‘zenegroinspeksiya
O‘zenergoinspeksiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr va gaz ta’minoti korxonalari ishtirokida so‘ngi bir oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 234 ta holat aniqlandi.
Davlat energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishga qarshi nazoratini kuchaytiradi
Bu borada joriy yil 10 fevral kuni Prezidentning «Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.

