Eronga qarshi urushning Tramp yashirishga urinayotgan sababi o‘rtaga chiqdi
Newsweek nashri yozishicha, joriy yil 6-8-mart kunlari aholi o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga qaraganda, 52 foiz respondent Tramp Eron urushini jamoatchilikni Epshteyn mojarosidan chalg‘itish uchun boshlagan degan fikrda.
«Bu siyosiy teatr» – Klintonlar Epshteyn ishi bo‘yicha Kongress oldida chiqish qildi
AQSh Kongressi Vakillar palatasining nazorat qo‘mitasi 26–27 fevral kunlari Nyu-York shtati Chappakua shahrida yopiq formatda yig‘ilish o‘tkazdi. Unda AQShning 42-prezidenti Bill Klinton va sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Jeffri Epshteyn ishi doirasida bayonot berdi. Ikkisi ham o‘z kirish so‘zlari matnini e’lon qildi.
Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi prezidenti Epshteyn sabab iste’foga chiqdi
«Men Jahon iqtisodiy forumi prezidenti va bosh direktori lavozimidan ketishga qaror qildim», dedi janob Brende. U JIFdagi ishi «nihoyatda samarali bo‘lganini» ta’kidladi.

