eski buyumlar asirligidan qanday qutulish mumkin?
Barchamizning xonadonimizda shunday bir kichik joy bor, masalan, shkaf burchagi, stol tortmasi, balkon yoki kichik omborxona. Biz u yerni kamdan-kam hollarda ochamiz va asosan «kun kelib kerak bo‘lib qolishi mumkin» bo‘lgan narsalarni yashirish uchun foydalanamiz. Aslida esa, bular voz kechib, tashlab yuborishga ko‘zimiz qiymayotgan keraksiz buyumlardir.

