
UZTELECOM barcha abonentlarni GPON va FTTx texnologiyalariga o‘tkazmoqda: yangi standart tezligi 100 Mbit/s dan yuqori
2025-yil 21-avgustdan UZTELECOM simli internetni keng qamrovli yangilashni boshladi. Kompaniya o‘z abonentlarini zamonaviy optik texnologiyalarga o‘tkazib, tarif shartlarini takomillashtirmoqda va raqamli hayotni yanada tezkor hamda qulaylashtirishga intilmoqda.