Isroil harbiy samolyotlari G‘azoga hujum qildi: 18 kishi qurbon bo‘ldi
Yangi zarbalar to‘lqini AQSh prezidenti Donald Trampning HAMAS qurolsizlanishga tayyor ekanligi haqidagi bayonotidan keyin boshlandi.
Tramp: qurolsizlanish bo‘yicha HAMAS bilan kelishuvga erishildi
Donald Tramp HAMAS va G‘azo sektoridagi boshqa qurolli guruhlarni to‘liq qurolsizlantirishni nazarda tutuvchi kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. HAMAS va Isroil vakillari esa bu jarayonga turlicha shart qo‘ymoqda.
Isroil G‘azoda xalqaro tinchlikparvar kuchlarni joylashtirishni ma’qulladi
Ma’lum qilinishicha, kontingent Isroil armiyasi nazoratidan tashqari hududlarda faoliyat yuritadi va o‘z harakatlarini Isroil harbiylari bilan muvofiqlashtiradi.
Isroil bu yil ham G‘azo ahlining Hajga borishiga to‘sqinlik qildi
Isroil G‘azoga 2007-yildan buyon tatbiq etib kelgan qamal siyosati sabab quruqlik, havo va dengiz orqali ish, o‘qish yoki ziyorat uchun hududdan chiqish amrimahol bo‘lib kelgan. Urushdan keyin esa sektorni tark etish butunlay imkonsiz bo‘lib qoldi.
43 ming kishining hayotini butkul izdan chiqargan hodisa
JSST xalqaro hamjamiyatni G‘azoda sog‘liqni saqlash tizimini qayta tiklash, tibbiy uskunalar hamda dori-darmon ta’minotini yo‘lga qo‘yishga undamoqda.
Isroil armiyasida askarlarning o‘z joniga qasd qilishi keskin ko‘paydi
Suitsidlar soni oshib borayotgani G‘azo urushi oqibatlari, harbiy xizmatchilarning ruhiy yuki va mudofaa vazirligi tomonidan harbiylarga psixologik ko‘mak qisqargani bilan izohlangan.
G‘azoni qayta tiklash uchun qancha mablag‘ kerak? BMT hisoboti
Hisobot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi turmush darajasi 77 yil orqaga ketgan.
BMT bong urmoqda: Isroil askarlari ikki yilda 38 ming ayolni o‘ldirdi
G‘azo sektoridagi urushga oid qayg‘uli statistika.
Barselonadan G‘azoga 40 ta kemadan iborat gumanitar flotiliya yo‘l oldi
Barselonadan 40 ta kemadan iborat «Sumud» gumanitar flotiliyasi G‘azo tomon yo‘l oldi. U yordam yetkazish va xalqaro e’tiborni jalb qilishni maqsad qilgan.
Trampning G‘azo bo‘yicha «tinchlik rejasi» moliyaviy yetishmovchilik sabab to‘xtab qoldi – Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari surgan G‘azoni qayta tiklash va boshqarish rejasi moliyaviy muammolar sabab to‘liq amalga oshmayapti. Bu haqda Reuters manbalariga tayanib xabar berdi.
Otashkesimga erishilgandan buyon Isroil G‘azoda kamida 700 kishini o‘ldirdi
Yakshanba kuni Isroil tomonidan amalga oshirilgan havo zarbasi natijasida G‘azo sektori shimolida kamida 4 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari ma’lum qildi.
G‘azo ahli Ramazonni qanday o‘tkazmoqda? (foto)
G‘azo aholisi uchinchi yildirki muqaddas Ramazon oyini qo‘rquv, tahlika muhitida, oziq-ovqat taqchilligi sharoitida va insoniy sharoitdan mosuvo holda o‘tkazmoqda.
G‘azoga beshta davlat qo‘shin kiritadi
Beshta davlat o‘z harbiylarini G‘azo sektoridagi Xalqaro barqarorlik kuchlarida ishtirok etishga jalb qildi.
Vashingtonda yangi format: Tinchlik kengashi geosiyosiy maydonni o‘zgartiradimi?
O‘zbekistonning mazkur tashabbusdagi ishtiroki tasodifiy emas. So‘nggi yillarda rasmiy Toshkent tashqi siyosatda muvozanatli, ko‘p vektorli va pragmatik yondashuvni namoyon etmoqda.
Trampning kuyovi G‘azo bo‘yicha taklif qilgan loyiha tanqidga uchradi
Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon iqtisodiy forumida AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner vayron etilgan G‘azo sektorini tiklash bo‘yicha loyihani taqdim etdi.
Putin Tinchlik kengashiga muzlatilgan aktivlaridan 1 mlrd dollar bermoqchi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQSh tomonidan muzlatib qo‘yilgan aktivlaridan 1 milliard dollarni Tinchlik kengashiga yo‘naltirish imkoniyatini bildirdi. Uning aytishicha, bu qadam Rossiyaning falastin xalqi bilan mavjud alohida munosabatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
G‘azoni tiklash uchun Tinchlik kengashi tuziladi – Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azo sektorini qayta tiklash bilan shug‘ullanadigan Tinchlik kengashi tashkil etilishini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi. Kengash tarkibi hozircha oshkor etilmagan, u yaqin vaqt ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.
G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan buyon 100 dan ortiq bola halok bo‘ldi
Har kuni o‘rtacha bir o‘g‘il yoki qiz dunyodan o‘tmoqda.
OAV: Isroil G‘azoda yangi urushni boshlashnt ko‘zlamoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida muzokaralar olib borilgan kelishuv shartlariga ko‘ra, HAMAS jangchilari qurollarini topshirishlari kerak edi.
Isroil G‘azodagi vaziyatni yanada og‘irlashtiruvchi qaror qabul qildi
Buyuk Britaniya, Fransiya kabi o‘nga yaqin yetakchi davlatlar esa Isroilni ushbu bir tomonlama qarorni bekor qilishga chaqirgan.

