
O‘zbekistonlik butun boshli oila Qozog‘istonda gazdan zaharlanib, vafot etdi
Joriy yilning 2 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi, Mang‘istau viloyati Munayli tumani Basquduq qishlog‘idagi xususiy uyda bir oilaning zaharlanish holati qayd etildi. Yordam ko‘rsatish uchun yetib kelgan qutqaruvchilar va tez tibbiy yordam brigadalari voqea joyida yetti kishini topdi, ularning besh nafari voyaga yetmaganlar bo‘lib, barchasi joyida vafot etgan.