Namangan va Farg‘onadagi gumburlash: meteoritmi yoki boshqa hodisa?
Kuni kecha tush paytida Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida qattiq akustik gumburlash ovozi eshitilgani, ba’zi joylarda esa yer bir oz silkingani haqida xabarlar tarqaldi.
Namangandagi gumburlash siri mutaxassislarga ham ayon emas
Ovoz eshitilgani rost. Biz shu zahoti barcha tumanlardagi bo‘linmalar, ichki ishlar, yong‘in xavfsizligi, gidrometeorologiya, seysmologiya xizmatlari bilan tezkor bog‘lanib olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra, viloyat hududida hech qanday portlash yoki tabiat hodisasi ro‘y bermagan.

