Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ibratli oila» ko‘krak nishoni kimlarga berilishi ma’lum qilindi

04/09, 16:52

Hukumatning tegishli qarori bilan «Ibratli oila» ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, ushbu ko‘krak nishoni bilan farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan namunali oilalar taqdirlanadi.