Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekologik ruxsat etilmagan joyda yurgan avtomashinalarni real vaqt rejimida aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

06/12, 12:10

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida transport tizimini tubdan yangilashga qaratilgan qarorni imzoladi. Hujjatga muvofiq, Toshkent shahrida intellektual transport tizimi (ITT) shakllantiriladi. Kameralar, sensorlar, svetoforlar, jamoat transporti harakati, navigatsiya, vazn-hajm nazorati va barcha xizmatlar yagona platformaga ulanadi.