Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon viloyati IIB: «O‘spirinning otasi ichki ishlar xodimidan o‘g‘lini tartibga chaqirib qo‘yishini so‘ragan»

20/07/2018

Internetda «Andijon viloyatida IIB xodimi tunda ko‘chada yurgan o‘spirinni haqorat qilib, unga qo‘l ko‘tardi» deb nomlangan video tarqatildi. Unda Bo‘z tumani ichki ishlar xodimlarining bir nafar fuqaroni haqoratlagani va uning qo‘lidan tortib ichki ishlar binosiga olib kirmoqchi bo‘lganligi tasvirga tushirilgan.