Taklif: dabdabali to‘y qilmoqchimisiz? Marhamat!
Bir badavlat inson hammani qoyil qoldiruvchi to‘y qilmoqchi bo‘lsa – qilaversin! Faqat shunday to‘y qilishga qodir boy-badavlat ekanmi, shu yurtda mablag‘ orttiribdimi, topganini ko‘z-ko‘z qilishni niyat qilibdimi, asl boylarga xos ish tutsin!
Topganing to‘yga ketsin! Bu duomi, qarg‘ishmi?
O‘zbekning topgan-tutgani faqat to‘yga ketmayaptimi? To‘ydan boshqa ishga pul orttirolmayotgan o‘zbek, ming kishiga osh bergan o‘zbek to‘ydan keyin arzimagan bitta shamollashini davolatishga pul topolmay, o‘lib ketmayaptimi?