
iztirob iskanjasida... (voqea Ohangaron, Olmaliq, Piskent tumanlarida sodir bo‘lgan)
Dastlab bu odam bilan uchrashishni istamadim. Ich-ichimda seskanish, qandaydir nafrat hissi paydo bo‘ldi. Ba’zida ko‘nglingni ayaging, jirkanch mavzulardan uzoqda tutging keladi. Lekin, biribir qiziqish ustun keldi va... belgilangan vaqti-soatida u bilan ko‘rishdim.