Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–190-son farmoni bilan kasbiy ta’lim tizimini 2030 yilga qadar isloh qilishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.
Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinadi
Mutasaddilar zimmasiga viloyat va tuman hokimlari bilan birgalikda Prezident va ixtisoslashgan maktabda orttirilgan tajriba asosida joriy yilda 598 ta texnikumga xalqaro standart bo‘yicha zamonaviy kasbga o‘qitish muhitini olib kirish vazifasi qo‘yildi.

