Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekona konspekt» yoxud o‘zbek talabalarining havoga sovurilgan (sovurilayotgan) umri haqida

13/03/2018

O‘zbekistonda universitetda o‘qigan paytlarimizda men bitta narsani, ya’ni konspektni yomon ko‘rar edim. Chunki biz (talabalar) birinchi kursdan to‘rtinchi kursgacha (ba’zan magistraturada ham) birinchi paradan oxirgi paragacha deyarli har doim konspekt yozishga majbur edik. Konspekt yozmagan talaba darsga qo‘yilmasligi yoki unga «NB» («ne bil» — darsda qatnashmagan) qo‘yilishi mumkin edi.