Ukraina ehtimoliy sulh buzilishiga qarshi Rossiyaga nisbatan reja tayyorlayapti – FT
Ukraina kelgusida ehtimoliy sulh kelishuvi buzilgan taqdirda Rossiyaga javob choralarini ko‘rish uchun maxfiy harbiy reja ishlab chiqqan. Bu haqda Financial Times nashri G‘arb davlatlaridagi manbalarga tayanib xabar berdi. Ayni paytda mazkur ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.
«ko‘ngillilar koalitsiyasi»: Fransiya va Britaniya Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyor
Parijda bo‘lib o‘tgan «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» sammitida Fransiya va Buyuk Britaniya Ukrainada urush tugaganidan keyin xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘shin yuborishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda prezident Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokidagi uch tomonlama deklaratsiyada aytilgan.

