Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Layk» bosish mas’uliyati yoki sizni boshqarishlariga yo‘l qo‘ymang!

11/03/2018

Ijtimoiy tarmoq degani haqiqiy topilma chiqdida! Xohlagan odaming bilan gaplashasan, istagancha fikr qoldirasan, «layk» bosasan, rasmlar bilan o‘zingni ko‘z-ko‘z qilasan, gazetalarda yozilmaydigan xabarlarni o‘qiysan, televizorda namoyish etilmaydigan lavhalarni ko‘rasan, kerak bo‘lsa o‘zing joylashtirasan... Xullas, axborot ummonida baliqdek yayraysan. Bir erkinlik bo‘lsa, shuncha bo‘lar-da!