
Shavkat Mirziyoyev AQSh vakili bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod va AQSh Prezidenti yordamchisining o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Liza Kyortisni qabul qildi.

Amerikadan navbatdagi mehmonlar keldi
Maxsus vakil bilan birga AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktor Liza Kyortis ham kelgan.