
Putin «maxfiy saroy» haqidagi videoga munosabat bildirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bloger Aleksey Navalniyning Rossiya rahbariga tegishli deya aytilgan Gelendjik yaqinidagi saroy haqida olingan filmiga izoh berdi. Putinning aytishicha, qasr unga yoki uning yaqin qarindoshlariga tegishli emas.