O‘zbekiston va Qatar yaqin orada mehnat migratsiyasiga doir hamkorlik shartnomasini imzolamoqchi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi va Qatarning «Jusour» bandlik agentligi rahbariyatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan onlayn uchrashuvda Qatar tomoni O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish istagida ekanligini va turizm, IT va tibbiyot sohalari mutaxassislariga talab va qiziqish mavjudligini ta’kidlagan.
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Qozog‘istonning Ulutov viloyati IIB 7 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojirini «noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani sababli» mamlakatdan chiqarib yubordi.
Britaniya tomoni o‘zbekistonlik 1,7 ming mehnat muhojirini rad etgan: sabablari aytildi
Bandlik vazirligi Buyuk Britaniyaning «Telpasc» (Ethero) tashkiloti hamda o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bilan bog‘liq vaziyatga aniqlik kiritdi.
Tojikistonliklar «qo‘rquv va vahima» sabab Rossiyadan ketishni boshlagan
Bu haqda TASS Tojikiston mehnat, migratsiya va aholi bandligi vazirligiga asoslanib xabar berdi.
Deportatsiya o‘rniga jarima. Rossiya parlamenti migrantlarga oid qonun loyihasini ma’qulladi
Qonun qabul qilingan taqdirda, deportatsiya o‘rniga 40 mingdan 50 ming rublgacha jarima yoki 150 dan 200 soatgacha majburiy ish ko‘rinishida jazo tayinlanishi mumkin.
Xorijda og‘ir ahvolga tushib qolgan 443 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
Shuningdek, 10 oy davomida xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning 1,2 mln dollar miqdoridagi pullari undirib berilgan.
Rossiya pasportiga ega markaziy osiyoliklar harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagani uchun jinoiy javobgarlikka tortilmoqda
Jinoyat ishlari doirasida qancha erkak qo‘lga olingani, qanchasi qidiruvga berilgani ochiqlanmagan. Shuningdek, rasmiy xabarda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlashda ayblanayotgan shaxslar tug‘ilgan davlatlar haqidagi ma’lumotlar ham keltirilmaydi.
O‘zbekistondan Rossiyaga mehnat muhojirlari oqimi 35 foizga oshgan – FinExpertiza
2022-yil oxirida Rossiyaga ishlash uchun kelgan xorij fuqarolari soni jami 3,47 million kishiga yetdi. Bu bir yil avvalgiga nisbatan uchdan bir qismga yoki 871 ming kishiga ko‘p.
Balandparvoz ma’ruza o‘qib, chorak asrdan ziyod vaqt muhojirlikda umr o‘tkazgan inson hikoyasi
Oilamni, o‘zimni oyoqqa turg‘izish uchun mehnatdan qochmadim. Kecha-kunduz tinim bilmadim. Kechalari Petrovning uyiga sudralib borardim, azbaroyi kun davomidagi jismoniy mehnatdan oyoq-qo‘lim og‘rib, zirqirrab chiqardi. Lekin onam, xotinim, farzandlarim xursand, men shundan mamnun edim.
Rossiyada 19 nafar o‘zbekistonlikning pasportlari olib qo‘yilgani aniqlandi
Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Nyagan shahrida 19 nafar O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi.
Janubiy Koreyadagi zavodda portlash oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lmagan — TIV
O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi 2020 yil 15 may kuni Kyongnam provinsiyasidagi metallni qayta ishlash zavodlaridan birida yuz bergan portlash natijasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni rad qildi.
Fin ko‘rfazi sohilida O‘zbekiston fuqarosi jasadi topilgani tasdiqlandi
Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yilning 19 sentyabr kuni Fin ko‘rfazi sohilida O‘zbekiston fuqarosi G.O.ning jasadi topilgani to‘g‘risida qator OAV tarqatgan xabarni tasdiqladi.
Zamonamiz qahramoni. Rossiyada avtobus halokatida yo‘lovchilarni qutqargan yigit bilan suhbat (video)
Rossiyaning Perm shahrida biroz vaqt muqaddam avtobus halokatga uchragan edi. Jamoat transporti devorga borib urilgan, natijada bir kishi vafot etib, 32 kishi turli darajada tan jarohatiga uchragandi. Jabrlanganlar orasida ayollar, qariyalar va bolalar bor edi. Yo‘qotishlar balki ko‘proq ham bo‘lardi, agarda Danil bo‘lmaganda.
TIV Qozog‘istondagi YTHda vafot etgan uch o‘zbekistonlik haqida axborot berdi
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019 yil 8 sentyabr kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududida Chimkent-Samara avtotrassasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Olmaotada velosipeddan yiqilgan o‘zbekistonlik reanimobilda vrach nazorati ostida Toshkentga jo‘natiladi
Mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019 yil 3 avgust kuni velosipeddan yiqilib tushish oqibatida og‘ir umurtqa-orqa miya jarohati bilan Olmaota shahar kasalxonasi reanimatsiya bo‘limiga tushib qolgan
Permda qahramonlik ko‘rsatgan o‘zbek bokschisi Qozondagi konsullikda taqdirlandi
Rossiyaning Perm shahrida avtobus halokatga uchragani va natijada bir kishi vafot etib, 32 kishi turli darajada tan jarohatiga uchragani haqida xabar berib o‘tgan edik.
O‘zbekistonlik 20 yoshli bokschi Rossiyada halokatga uchragan avtobusdan yo‘lovchilarni qutqardi
Halokat joyiga birinchi bo‘lib o‘zbekistonlik bokschi Danil Yuldoshev yetib keldi. U o‘zining «Neksiya» rusumli avtomobilida mashg‘ulotga ketayotgan edi. Halokat uning ko‘z o‘ngida ro‘y berdi. Yosh bokschi o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va darhol jabrlanganlarga yordam berishga otlandi.
В Алматы в результате ссоры убит гражданин Узбекистана
Генеральное консульство Узбекистана в городе Алматы (Казахстан) подтвердило публикации ряда СМИ о том, что 27 июля 2019 года в Уйгурском районе Алматинской области в ходе возникшей ссоры был убит гражданин Узбекистана М.К.
Rossiyada qurilishda ishlayotgan hamyurtimizni yashin urdi
Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 7-iyun kuni Leningrad viloyatida qurilayotgan obektda yashin urishi natijasida O‘zbekiston fuqarosi, 11.02.1995-yilda tug‘ilgan Zuxriddin Rashid o‘g‘li Yusupov vafot etdi.