O‘zbekiston va AQSh investitsiya platformasini yo‘lga qo‘ymoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Eksimbanki prezidenti va raisi Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blekni qabul qildi.
O‘zbekiston prezidenti AQSh savdo vaziri bilan uchrashdi
Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning asosiy sheriklaridan biri ekanligi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 17-19 fevral kunlari Tinchlik kengashining dastlabki yig‘ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Vashington shahrida bo‘ladi.
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi: Prezidentga Davlat dasturi loyihalari yuzasidan axborot berildi
Qayd etilganidek, mazkur loyihalar ilg‘or xorijiy tajriba asosida mutlaqo yangi yondashuv asosida ishlab chiqildi. Ularda Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan joriy yildagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadli ko‘rsatkichlari hamda ularni amalga oshirishning aniq mexanizmlari belgilanmoqda.
Bosh prokuratura «yosh» korxonalar o‘sishiga to‘sqinlik qilayotgan masalalarni o‘rganadi
Prezident ishtirokida o‘tayotgan yig‘ilishda joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit resurslari ko‘payib borayotgani, lekin hokimlar buning iqtisodiy o‘sishga, ish o‘rni va budjetga ta’sirini hisob-kitob qilmayotgani tanqid ostiga olindi.
Prezidentga “Premier” korxonasining rejalari ma’lum qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron tumaniga tashrifi davomida “Premier” maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.
Prezident “Enco Group” loyihasi bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 fevral kuni Toshkent viloyatining Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Enco Group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
O‘zbekistonning OIIB bilan hamkorligini kengaytirishga doir masalalar muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szou Szyai boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyevga Pokistonning oliy davlat mukofoti topshirildi
Tantanali tadbirda Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga shaxsan topshirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentini O‘zbekistonga taklif qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga davlat tashrifi doirasida «Ayvoni Sadr» qarorgohida Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan tor doirada va delegatsiyalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston prezidenti «HRL Group» kompaniyasi raisi bilan uchrashdi
Mamlakatimiz yetakchisi kompaniya rahbarining Pokiston poytaxtida Imom Buxoriy majmuasi va Samarqandda mehmonxona qurish tashabbuslarini olqishladi.
O‘zbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri qo‘shma biznes forumida ishtirok etdi
Tadbirda ikki mamlakatning 300 dan ortiq yetakchi sanoat korxonalari va savdo kompaniyalari, tarmoq tashkilotlari hamda ishbilarmonlik tuzilmalari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.
Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif OAV uchun bayonot berishdi
O‘zbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri samarali muzokaralar natijalarini yuqori baholadilar.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokiston yetakchi universitetining faxriy doktori va professori bo‘ldi
Bosh vazir Shahboz Sharif O‘zbekiston rahbariga tegishli sertifikatni topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev Pokistonning zamonaviy harbiy texnikasi va qurol-yarog‘ namunalari bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga kelgach, «Global sanoat va mudofaa yechimlari» kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurib, Mudofaa kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni – Qurolli Kuchlarning quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni, feldmarshal Asim Munir bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Shavkat Mirziyoyev Pokistonga jo‘nab ketdi
Islomobod shahrida oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston rahbari Aliyev va Pashinyanni nufuzli mukofot bilan tabrikladi
Kecha Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" xalqaro mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident 5-6-fevral kunlari Pokistonda bo‘ladi
O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari oliy darajadagi muloqotlar kun tartibining markazida bo‘ladi.
Prezident Navoiy aeroporti bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi
Aeroportni “Uzbekistan Airports” AJning markazlashgan operativ boshqaruv tizimidan ajratgan holda, unga mahalliy va xorijiy aviakompaniyalar bilan yo‘lovchi va yuk tashish, tranzit hamda texnik qo‘nishlar bo‘yicha mustaqil muzokaralar olib borish hamda shartnomalar tuzish huquqi beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi
«Esenbog‘a» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Ikki prezident raisligida Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Kelgusi yillarda tovar ayirboshlash hajmini, jumladan, Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimdagi tovarlar ro‘yxatini kengaytirish orqali 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi belgilab olindi.
O‘zbekiston prezidenti Anqarada rasmiy kutib olindi
Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdo‘g‘on shohsupaga ko‘tarildilar.
Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni Turkiyaga boradi
Tashrif dasturiga muvofiq, Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Prezident «Rosatom» bosh direktorini qabul qildi: tafsilotlar
Mamlakatimizda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini qurish loyihasini ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlari, shuningdek, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish borasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i va prokuroriga «hayfsan» berildi
Chilonzor oilaviy zo‘ravonlik, talonchilik, bezorilik bo‘yicha, Yunusobod bosqinchilik bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi o‘rinda.
Prezident raisligidagi yig‘ilish tanqidiy ruhda boshlandi
Poytaxtda resurs ham, kuch-vositalar ham, ilmiy salohiyat ham yetarli bo‘lishiga qaramasdan, haligacha eski «qolip»dan chiqib keta olmayotgani tanqid qilindi.
Prezident Shveysariyada Ilhom Aliyev va Viktor Orban bilan uchrashdi
Yetakchilar do‘stona ruhda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston prezidenti Syurixda kutib olindi
22 yanvar kuni Davos shahrida O‘zbekiston yetakchisi Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etishi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning taklifini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampdan Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash va mojarolarni hal etish bo‘yicha xalqaro tashabbusga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy taklif kelib tushdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tashqi siyosatga doir yig‘ilish boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Prezident MDH va mintaqada yagona bo‘lgan markaz faoliyati bilan tanishdi
Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodiga tashrif buyurdi.
Bugun Prezident raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkaziladi
Davlatimiz rahbari mudofaa vazirligi tizimidagi obyektlar bilan ham tanishadi.
Sadir Japarov qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojarolarni hal etishda Shavkat Mirziyoyevning o‘rnini e’tirof etdi
Qirg‘iziston Prezidenti haqidagi hujjatli filmda Sadir Japarov qirg‘iz–tojik chegarasidagi keskin vaziyat haqida to‘xtalib, o‘zaro murosaga kelishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maslahati va vazmin diplomatik yondashuvi ahamiyatli bo‘lganini ta’kidladi.
Jahon liderlari Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi
Qutlovlarda Prezidentimiz rahbarligida Yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli siyosiy yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuksak baho berilgan.
Shavkat Mirziyoyev «Sharq bahori» turar joy majmuasi qurilishi bilan tanishdi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi «Sharq bahori» turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi.
Prezident Yangi Toshkent hududidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishyapti
Davlatimiz rahbari dastlab yer osti avtoturargohi va piyodalar o‘tish yo‘lagini barpo etish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Shavkat Mirziyoyev bugun Yangi Toshkentga boradi
Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasi birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Tub burilish yili: Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim bosqichi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaati xalqparvarlik, adolat va inson manfaatlarini ustuvor qo‘ygan aniq tashabbuslar bilan aholining qalbidan chuqur joy oldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi boshlandi.
Bugun O‘zbekiston prezidenti Oliy Majlis va xalqqa murojaatnomani taqdim etadi
To‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya soat 11:00 da boshlanadi.
Yangi yilda ketma-ket besh kun dam olish bo‘ladi
Dam olish kunlari bo‘yicha prezident farmoni chiqdi.
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
Davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisining mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uni birlashtirish, barqaror taraqqiyotini ta’minlash va xalqaro nufuzini oshirishdagi tarixiy rolini alohida qayd etdi.
To‘qimachilikda eksport hajmi 3,3 mlrd dollarga yetkaziladi
Joriy yilda tarmoqda erishilgan natijalar, ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarining o‘sish dinamikasi, shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan maqsadli rejalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan suhbatlashdi
Tramp O‘zbekiston rahbarini G20 sammitiga taklif etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Ermitaj»ga tashrif buyurdi
Yetakchilar noyob san’at asarlari va madaniyat yodgorliklari to‘plangan ushbu dunyodagi eng yirik muzeylaridan birining ekspozitsiyasi bilan tanishdilar.
Prezident MDH rahbarlari norasmiy sammitida qatnashdi
Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish, xususan, yoshlarning ijodiy, innovatsion va intellektual salohiyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlariga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofoti topshirildi
Uch mamlakat yetakchilari ushbu nufuzli mukofotga Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun sazovor bo‘ldilar.
Shavkat Mirziyoyev YOII bilan hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini aytib o‘tdi
O‘zbekiston Yevroosiyoning asosiy formatlarida faol ishtirok etmoqda.

