Tarixiy qiyofaning qayta tiklanishi va ma’naviy uyg‘onish: Saida Mirziyoyeva Milliy qo‘g‘irchoq teatrining rekonstruksiyasi bilan tanishdi
Rekonstruksiyadan so‘ng O‘zbekiston davlat milliy qo‘g‘irchoq teatri o‘z eshiklarini keng ochdi. Teatrga tashrif buyurgan Saida Mirziyoyeva mazkur maskandagi o‘zgarishlar hamda bolalar tarbiyasidagi teatr san’atining o‘rni haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

