Butun O‘zbekiston bo‘ylab informatika o‘qituvchilari Beeline Academy va TIUE AI dasturidan o‘tdilar
Beeline Uzbekistan TIUE bilan hamkorlikda informatika o‘qituvchilarini o‘quv jarayonida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini qo‘llashga o‘rgatish bo‘yicha keng ko‘lamli ta’lim loyihasini muvaffaqiyatli yakunladi. Beeline Academy dasturida butun mamlakat bo‘ylab mingga yaqin o‘qituvchilar ishtirok etib, malaka oshirish sertifikatlarini qo‘lga kiritdilar.

