Sodiqlik kartasini skanerlash va xarid uchun to‘lov qilish — endi payme’da barchasi bir urinishda!
payme’da hamkorlarning sodiqlik dasturlari bo‘yicha to‘lov qilish va bonuslarni to‘plash imkoniyatini birlashtiruvchi funksiya ishga tushirildi. Endi kartani alohida ko‘rsatish shart emas — bonuslar avtomatik ravishda hisoblanadi.
payme plus obunasida yangi «Asosiy» tarif paydo bo‘ladi
Yangi tarifda kirim chiqim nazorati, keyinroq to‘lov va firibgarlik holatlarida yordam mavjud. Ayniqsa, so‘nggisi foydali bo‘lishi mumkin — kutilmagan vaziyatda pulingiz yo‘qolib qolsa, xizmat yo‘qotishning hammasini yoki bir qismini qoplaydi.
payme’da avgust — yanada ko‘proq individual shartlar
payme foydalanuvchilar uchun kundalik to‘lovlarni yanada qulayroq qilishda davom etmoqda. Avgust oyida ilovada yangi funksiyalar ishga tushadi. Ushbu funksiyalar foydalanuvchilarning ehtiyojlarini yanada chuqurroq tushunishga va kelajakda servisni yanada barqaror qilishga yordam beradi.

