Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Xalqaro yozuvchilar kuni: bizda nishonlanadimi?

03/03, 13:30

Yurtimizda barcha kasb egalarining bayramlari – o‘qituvchilar, jurnalistlar, quruvchilar, shifokorlar mehnati ulug‘lanadigan kunlar bor. Masalan, uzoqqa bormaylik 1 aprel hazil kuni ham keng nishonlanadi: turli tadbirlar, televideniyeda kulguga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar, qiziqchilar bilan uchrashuvlar... Lekin 3 mart kuni ana shu barcha kasb egalari haqida kitob yozadigan, zamonni qog‘ozga muhrlaydigan, tarixni jimgina hujjatga aylantiradigan so‘z zargarlari kuni ekanini bilasizmi?