«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishonlari topshiriladi
Esdalik nishonlari Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi
Prezident farmoni e’lon qilindi.
Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mukofotlandi
Prezident farmoni e’lon qilindi.
Davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi
«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.
Mustaqillikning 35 yilligi arafasida qator sohalar xodimlari mukofotlandi (ro‘yxat)
Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi Prezident farmoni e’lon qilindi.
«Odil sudlov – 2030» strategiyasi tasdiqlandi: nimalar o‘zgaradi?
Prezident farmoni bilan tasdiqlangan strategiyada qator yangi mexanizmlar belgilandi.
Davlat auditida sun’iy intellekt joriy etiladi
2027-yildan Hisob palatasining davlat tashqi auditi faoliyatida bir qator yangi mexanizmlar joriy etiladi.
O‘zbekistonda ham hokimlar xalq tomonidan saylanishi mumkin
O‘zbekistonda tuman va shahar hokimlarini saylash tizimini joriy etish masalasi kun tartibiga chiqdi.
Ikki yil ichida yangi bog‘ barpo qilinmagan yerlar suvsiz qoladi
O‘zbekistonda eski, hosilsiz bog‘lar uzoq yillardan buyon muammo bo‘lib kelgan. Qog‘ozda — bog‘, amalda — tashlandiq yer. Prezident mamlakat qishloq xo‘jaligini tubdan o‘zgartiruvchi farmonga imzo chekdi.
Sud tizimida «tozalanish» davri — korrupsiyaga qarshi yangi kurash boshlandi
Prezident farmoniga ko‘ra, endilikda sud apparati xodimlari orasida korrupsiyaning oldini olish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun maxsus “Komplayens nazorat xizmati” tashkil etildi.
Ba’zi doktorantlar stipendiyasi 1,7 baravarga oshiriladi
Prezidentning yangi farmoni bilan doktorantura tizimida o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Ayrim yo‘nalishlarda tahsil oluvchilar oshirilgan stipendiya va qo‘shimcha mablag‘ oladi.
Prezident yosh kinoijodkorlarni mukofotladi
Kann kinofestivalida O‘zbekiston kinoijodkorlarining «Qadam. Quyosh bolasi Yusuf» nomli qisqa metrajli filmi eng oliy mukofotga munosib deb topildi.
Sog‘liqni saqlash sohasida yangi inspeksiya va markazlar tashkil etiladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yangi inspeksiya va markazlar tashkil etiladi. Ayrim vakolatlar esa tibbiyot assotsiatsiyalariga o‘tkazilishi belgilandi.
Xususiy klinikalarga a’zo ko‘chirishga ruxsat beriladi
2027-yildan ayrim xususiy klinikalarga transplantatsiya amaliyotiga ruxsat beriladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
Yangi elektron platforma orqali qarzdorlar, kreditorlar va sud jarayonlari onlayn kuzatiladi. Bank kreditlari bo‘yicha yengilliklar ham joriy etilmoqda.
OTM va ilmiy muassasalar muassisligida «spin-off» korxonalar ochiladi
Prezident farmoniga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari huzurida innovatsion korxonalar tashkil etiladi.
Prezident farmoni bilan bir guruh geologlar taqdirlandi
O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Prezident Xalq qabulxonasi tashkil etiladi
O‘zbekistonda Prezident Xalq qabulxonasi tashkil etilmoqda. Yangi tartib aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishda mas’uliyat va nazoratni kuchaytirishni nazarda tutadi.
O‘zbekistonda «Toza havo» umummilliy loyihasi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda havo sifatini yaxshilashga qaratilgan yangi dastur ishga tushadi.
O‘zbekistonda sud ijrosida sun’iy intellektdan foydalaniladi
O‘zbekistonda sud hujjatlari ijrosini ta’minlash tizimida keng ko‘lamli raqamlashtirish jarayonlari boshlanadi.

