
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi psixologlar bilan hamkorlik qiladi
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Samarqand viloyatida huquqi buzilgan, jabrlangan ayollarga «ishonch telefonlari» orqali huquqni muhofaza qilish organlari bilan tezkor va ishonchli aloqada bo‘lishni ta’minlashga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.