Ko‘ksaroyda Qasim-Jomart Toqayevga «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni topshirildi
Ko‘ksaroy qarorgohida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga O‘zbekiston Respublikasining oliy davlat mukofoti – «Oliy Darajali Do‘stlik» ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Ushbu davlat tashrifi O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari tarixida yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayev bilan suhbat o‘tkazdi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgach, davlat rahbarlari «Toshkent-Humo» xalqaro aeroportida suhbat o‘tkazdilar.
Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekistonga keladi
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralar hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni 70 yoshga kirgani bilan tabrikladi
O‘zaro muloqotda O‘zbekiston yetakchisi Qasim-Jomart Toqayevni 70 yoshlik yubileyi bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh Qozog‘iston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Toqayev Shavkat Mirziyoyevni referendumning muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston yetakchisi Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari va yirik kooperatsiya loyihalarining borishi muhokama qilindi.
Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni Respublika kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga ushbu mamlakatning milliy bayrami - Respublika kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Qozog‘iston prezidenti Qoraqalpog‘istonda ko‘rilgan qat’iy chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

