Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida «Mamay» o‘tkazish punkti ochilishi mumkin

19/08, 08:58

Mazkur o‘tkazish punkti 2020 yilda yopilgan edi. Qirg‘iziston Jo‘g‘org‘i Kenesh deputatlari so‘nggi bir necha yil davomida uning faoliyatini qayta tiklashga chaqirib kelgan.

Endi Qirg‘izistonga ko‘chib ketgan o‘zbekistonliklarning pensiyasi to‘xtatilmaydi

10/08, 04:08

Bitimga ko‘ra, fuqaro boshqa tomon hududiga ko‘chib o‘tgan taqdirda ham tayinlangan pensiyasini olishda davom etadi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro hudud almashish jarayonini boshladi

04/08, 10:40

Cho‘ng‘ara va Tosh-Do‘bo qishloqlarida asosan etnik qirg‘izlar istiqomat qiladi. Ro‘yxatga olish ishlari yakunlangach, qishloq aholisiga Qirg‘iziston fuqaroligini berish jarayoni boshlanadi.

O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlandi

01/08, 20:00

Ikki tomonlama hamkorlikni eng yuqori darajaga olib chiqadigan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi sammitning muhim natijasi bo‘ldi.

Mashhur siyosatshunosga munosib javob – Markaziy Osiyo integratsiyasi qanday kechmoqda?

01/08, 14:45

1997 yilda amerikalik mashhur siyosatshunos, AQSh prezidenti Jimmi Karter ma’muriyatida milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi bo‘lgan Zbignev Bjezinskiy o‘zining dunyo siyosiy tafakkuriga katta ta’sir ko‘rsatgan «Buyuk shaxmat taxtasi» kitobini yozdi.

Shavkat Mirziyoyev suv-motor sporti bo‘yicha Qirg‘iziston Gran-prisining ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)

01/08, 14:28

Gran-pri Xalqaro suv-motor sporti ittifoqi shafeligida o‘tkazilayotgan «suvdagi Formula-1» nomi bilan mashhur bo‘lgan F1H2O jahon chempionatining ikkinchi bosqichi hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda ilk xalqaro toifadagi golf klubi ochilishida qatnashdi (foto)

30/07, 20:32

Davlat rahbarlari Sadir Japarov va xalqini yangi obyektning ochilishi bilan tabriklab, mamlakatning turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladilar.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlari ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi

30/07, 16:00

Ikki davlat o‘rtasida o‘ndan oshiq hujjatlar imzolandi. Ular orasida O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasining uchastkalari to‘g‘risida shartnoma ham bor.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida davlatlararo kengash tuziladi

30/07, 15:06

O‘zaro savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazish vazifasidan kelib chiqib, yaqin fursatda import o‘rnini faol bosish asosida o‘zaro mahsulot yetkazib berish hajmlarini oshirish choralari ko‘riladi. Shuningdek, ikki davlat poytaxtlarida savdo uylari va vakolatxonalari ochiladi.

Prezident rafiqasi bilan Qirg‘izistonga tashrif buyurdi

30/07, 13:35

Cho‘lponota shahridagi «Issiqko‘l» xalqaro aeroportida ularni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi.

Qirg‘iziston–O‘zbekiston chegarasida yashirin tunnel topildi

30/07, 11:25

Botken viloyatidagi tashlandiq uydan O‘zbekiston tomonga yo‘nalgan tunnel aniqlandi. U kontrabanda maqsadida qurilgan bo‘lishi mumkin.

Prezident uch kunlik tashrif bilan Qirg‘izistonga boradi

30/07, 00:03

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegara o‘tkazish punktlarida maxsus operatsiya: 27 nafar xodim qo‘lga olingan

06/07, 14:40

Qirg‘izistonning Botken viloyatida joylashgan «Qadamjoy-avtoyo‘l» va «Chashma-avtoyo‘l» chegara o‘tkazish punktlarida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilingan 27 nafar shaxs ushlandi.

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevga nisbatan hukm o‘qildi

02/07, 22:13

Bishkekning Birinchi may tuman sudi qirg‘izistonlik yuqori lavozimli amaldorlarga qarshi to‘ntarish urinishi bo‘yicha hukmni e’lon qildi.

Qirg‘izistonda navbatdagi prezident saylovi qachon bo‘lishi aytildi

24/06, 14:54

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ovoz berish yanvar oyining oxirgi yakshanbasida bo‘lib o‘tishi kerak.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara demarkatsiyasi doirasida hudud almashdi

23/06, 17:02

Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi Askat Alagozov ma’lum qildi.

Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari Toshkentda qabul qilindi

16/06, 19:59

Ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasida savdo-iqtisodiyot, transport, suv-energetika sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar dasturlar va hududlararo almashinuvlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Qirg‘iziston BMT Xavfsizlik Kengashiga saylandi

04/06, 15:56

Bu mamlakat diplomatiyasi uchun muhim yutuq sifatida baholanmoqda.

Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

03/06, 07:53

Qatnovlar «Toshkent» avtovokzalidan iyun oyining juft kunlarida amalga oshiriladi.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi uchta o‘tkazish punkti 24 soatlik ish tartibiga o‘tdi

21/05, 10:43

Mazkur punktlar orqali faqat Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari o‘ta oladi. 24 soatlik ish tartibi 2026 yil 1 oktyabrgacha amal qiladi.

Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov ochiladi

16/05, 18:20

Qirg‘izistonning Asman Airlines aviakompaniyasi Toshkent va Issiqko‘l o‘rtasida yangi muntazam aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Qamchibek Tashiyev ishi sudga oshirildi

13/05, 09:58

Tashiyev hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishga tayyorgarlik ko‘rish va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanmoqda.

Qamchibek Tashiyevga JKning ikkita moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi

30/04, 10:47

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyevga nisbatan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Bu haqda Kaktus.media nashriga advokat Ikramidin Aytkulov ma’lum qilgan.

«75 maktub» ishi: Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinish jinoyati doirasida so‘roqqa chaqirildi

29/04, 12:34

Qirg‘izistonda shov-shuvga sabab bo‘lgan «75 maktub» ishi doirasida bir qator sobiq yuqori lavozimli amaldorlar IIVda so‘roq qilindi. Bu haqda advokat Sherdor Abdikafarov ma’lum qildi.

Andijonda fuqaro xorijdan keltirilgan 24 kgdan oshiq narkotik bilan qo‘lga tushdi

22/04, 14:37

DXX, bojxona va ichki ishlar hamkorligida tadbir o‘tkazilgan.

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatiladi. Japarov boshqaruvning yangi tizimini taklif qildi

16/04, 15:14

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, o‘rniga 20 ta okrug tashkil etilishi mumkin. Islohot 3–4 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

DXX O‘zbekistonga yashirincha olib kirilgan biologik qo‘shimchalarni qo‘lga oldi

03/04, 14:27

Ular Andijondagi egalariga topshirilishi kerak bo‘lgan.

Qirg‘izistonda Tashiyevning ukasi korrupsiyada gumonlanib qo‘lga olindi

02/04, 11:00

Jogorku Keneshning sobiq deputati Shairbek Tashiyev korrupsiyada ayblanmoqda.

Qamchibek Tashiyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha so‘roq qilinyapti

19/03, 12:28

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi mamlakatga qaytgan.

Qirg‘izistonga yashirincha olib ketilayotgan oltin quymalar to‘xtatib qolindi

11/03, 10:37

Tovar-moddiy boyliklarning mamlakat hududidan noqonuniy olib chiqilishiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Yana