Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qodiriy nega qatag‘on qilingan?

11/04/2018

NKVD jallodlari 1937 yilda turli-tuman qiynoq usullarini qo‘llash natijasida o‘zbek xalqining qanchadan-qancha ziyolilari irodasini sindira olgan. Inson zoti ko‘rmagan qiynoqlardan zada bo‘lgan ziyolilar qora tuhmatdan iborat so‘roq bayonnomalarini o‘z imzolari bilan tasdiqlashga majbur bo‘lishgan. Biroq Apresyan boshliq NKVD xodimlari Qodiriyni «jilovlash»ning uddasidan chiqisholmadi.