Pokiston-Afg‘oniston: vaziyat «ochiq urush» bosqichiga o‘tmoqda
Pokiston qo‘shinlari tun davomida Afg‘onistonning yirik shaharlari — Kobul va Qandahorda Tolibon hukumatiga tegishli harbiy ob’yektlarga havo zarbalari berdi. Bu Islomobodning avvalgi ittifoqchisi hisoblangan Tolibonga qarshi ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumi sifatida baholanmoqda. Pokiston rasmiylari vaziyatni «ochiq urush» deb atadi.
Qurolli to‘qnashuvda 133 nafar afg‘on harbiysi halok bo‘ldi – Pokiston hukumati
Pokiston Bosh vazirining xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘yicha vakili Musharraf Zaidiy chegaradagi to‘qnashuvlarda afg‘on jangchilari orasida halok bo‘lganlar soni 133 kishiga yetganini, 200 dan ortiq odam esa yaralanganini iddao qildi.
Toshkentda urush ketayotgan hududlardan qaytganlarni reabilitatsiya qilishga doir mintaqaviy tadbir bo‘lib o‘tadi
Joriy yil 14-may kuni Toshkentda qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

