Dunyodagi ilk raqamli vazir korrupsiyada gumonlanyapti. «ChatGPT-4o» advokatlikka yollangan
Joriy yilning sentyabrida Albaniyada Diella nomli sun’iy intellektli bot davlat xaridlari vaziri bo‘lgani xabar qilingandi. Mahalliy OAV bu haqda «hali hech bir davlatda sun’iy intellektga bu darajada yuqori mansab ishonib topshirilmagani» va shu orqali «korrupsiya ildiziga bolta urilishi» haqida yozgan edi.

