«Toshkent-Samarqand» tezyurar poyezdi qatnov vaqtini 1,5 soatgacha qisqartiradi
Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev o‘z nutqida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari grant ajratgan Koreya Eksimbanki ko‘magida ishlab chiqilganini ta’kidladi. Yaqinda xarid qilingan 6 ta Hyundai Rotem poyezdlari shu yil oxiridan boshlab yetkazib beriladi, keyingi yil boshidan esa yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshlaydi.

