Tadbirkorlar sayyohlar uchun sug‘urta xizmatlarini soddalashtirishni taklif qildilar
Mamlakatimizda turizmni yangi bosqichga olib chiqishda mavjud muammolarni o‘rganish, sohaga yangi xalqaro tajribalarni joriy etish yuzasidan Turizm qo‘mitasi raisi A.Aqqulov rahbarligida sohada faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
«Arda Xiva» xalqaro turizm arenasida yangi brend
Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PMEF) doirasida O‘zbekistonning eng yirik turistik loyihalaridan biri — «Arda Xiva» turistik majmuasini xalqaro bozorlarda targ‘ib qilishga qaratilgan muhim hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Turizm O‘zbekiston va OTB hamkorligining asosiy yo‘nalishiga aylanmoqda
Samarqandda Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Yingming Yang bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Toshkentning turistik jozibadorligi oshmoqda – poytaxtda yangi restoran ochildi
Turizm qo‘mitasi sayyohlar uchun qulay va jozibador muhit yaratish ustida ishlamoqda, turistik yo‘nalishlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Namanganda yirik turistik majmua qurilishi boshlandi
Namangan viloyati tog‘oldi hududi hisoblangan Pop tumanidagi Arashan ko‘llar tizimi atrofida “Arashan Resort” majmuasi qurilishi boshlandi. Loyiha 600 gektar maydonda tashkil qilinib, zamonaviy turizm infratuzilmasiga ega bo‘lgan yirik dam olish va sayohat markaziga aylanadi.
Berlinda O‘zbekiston turizmini rivojlantirish bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkazildi
Berlin shahrida (Germaniya) bo‘lib o‘tgan “ITB Berlin” xalqaro turizm ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan UN Tourism turizm vazirlari sammitida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi yurtimizning
Andijonda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov Andijon viloyatiga amaliy tashrif bilan kelib, hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini jadallashtirish va xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Qashqadaryo viloyatida turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishildi
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi A.Aqqulov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi hamda turizm sohasi vakillari ishtirokida Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlantirish, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish
Surxondaryo viloyatida turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi A.Aqqulov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi hamda turizm sohasi vakillari ishtirokida Surxondaryo viloyatida turizmni rivojlantirish, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish va xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan keng qamrovli o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
Toshkentda «VII Hotel Business Forum 2026» boshlandi
«Hilton Tashkent City» mehmonxonasida Turizm qo‘mitasi hamkorligida O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan «Hotel Business Forum 2026» xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.
Eng ifloslangan sayyohlik shaharlari ma’lum bo‘ldi
Ro‘yxatda Parij va Rim ham bor.
«Ipak yo‘lida turizm» 30-yubiley Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi yakunlandi
2025 yilning 29 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, shuningdek, Milliy PR-markazi hamda «Interforum» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan uch kunlik “Ipak yo‘lida turizm” 30-yubiley Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY-2025) yakunlandi. Bu yil ham yarmarka “CAEx” (Central Asian Expo Uzbekistan) xalqaro ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning barcha viloyatlarida avtomobildan xoli hududlar tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan sayyohlarga qulayliklar yaratish, ularning har bir hududda mazmunli dam olishlari, erkin piyoda yurishlarini tashkil etish maqsadida ma’lum yo‘nalishlarda “avtomobildan xoli hudud”lar yaratilmoqda.
«Gastro Forum 2025»: O‘zbekiston gastroturizm salohiyati taqdim etildi
2025 yil 22 oktyabr kuni Toshkent shahrida “Horeca Expo Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “Gastro Forum 2025” gastronomik forumi bo‘lib o‘tdi.
Britaniya telekanalida O‘zbekiston haqidagi film premerasi
Turizm qo‘mitasi va Strategik islohotlar agentligi tashabbusi bilan “UZBEKISTAN THE GOLDEN ROAD” (O‘zbekiston – oltin yo‘l) nomli hujjatli film yaratildi.
Yangi Toshkent aeroporti qurilishi 2030 yilga borib xorijlik sayyohlar sonini 25 millionga yetkazish imkonini yaratadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan zamonaviy transport tarmog‘ini yaratish va bu orqali turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, turizm xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilayotgan e’tibor natijasida 2030 yilga borib xorijiy sayyohlar soni — 25 millionga, ichki sayyohlar soni esa 50 million nafarga yetishi mumkin.
O‘zbekiston turizmi tarixiy rekordlarni yangilamoqda
Mamlakat tarixida birinchi marta xorijiy sayyohlar soni rekord ko‘rsatkichlarni namoyish etmoqda — 2025 yil aprel oyidan boshlab O‘zbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistlarni qabul qilmoqda. Shu tariqa, joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga ko‘pdir.
Sayyohlarning eng sevimli shaharlari reytingi tuzildi
Condé Nast Traveler reytingida katta va kichik shaharlar alohida baholandi.
Shohimardon — Farg‘ona tog‘laridagi betakror sayohat maskani
Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning eng go‘zal maskanlaridan biri bo‘lgan Shohimardonga mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda taniqli blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.
«Orolga tashrif» xalqaro avtosayohat ishtirokchilari Samarqand va Buxoroning turizm salohiyati bilan tanishdilar
Turizm qo‘mitasi tomonidan SamAuto hamkorligida va Tegeta Motors ko‘magida tashkil etilgan «Orolga tashrif» xalqaro avtosayohat loyihasi ishtirokchilari Samarqand va Buxoro viloyatlariga tashrif buyurdilar.

