«Shohnoma»: yigirma besh yil yozilgan asar
Shundan so‘ng somoniylar sulolasining sakkizinchi vakili – Buxoro amiri Nuh ibn Mansur ellik olti yoshli Abulqosim Firdavsiyga «Shohnoma»ni davom ettirishni buyurdi. Go‘dakligidan umrboqiy mif-asotirlar, qahramonlik qissalari va jangnomalarni tinglab ulg‘aygan shoir bajonidil ishga kirishdi. U xalq orasida yurib, talay og‘zaki va yozma manbalarni yig‘di.

