Maktab hovlisida qolgan umr sadosi yoxud 25-mayning aytilmagan hikoyasi
E’tibor qilgan bo‘lsangiz, may oyining oxirlari kelishi bilan mamlakatning har bir maktabida o‘ziga xos ruh paydo bo‘ladi. Odatda, shovqin-suronga to‘la bo‘lgan sinfxonalar sokinlashadi. O‘quvchilar kulgisidayam g‘alati mahzunlik paydo bo‘ladi.

