Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

U daraxtlar kesilib ketdi...

12/09, 15:00

Mustamlaka davrida qurilgan binolar mustamlakachilikni oqlamaydi. Totalitar davlatda ochilgan maktablar qatag‘on siyosatini qo‘llab-quvvatlashga zamin bo‘lolmaydi. Arzon non inson erkining o‘rnini bosmaydi. Zavod va fabrikalar qurilishi Orol fojiasini yo‘qqa chiqarmaydi. Bepul ta’lim yuz minglab qatag‘on qilingan insonlarni tarixdan o‘chirmaydi.