Ommaviy sport va sog‘lom millat strategiyasi
Millat salomatligi – mamlakat taraqqiyotining eng muhim mezonlaridan biri. Chunki sog‘lom insongina sifatli ta’lim oladi, samarali mehnat qiladi, oilasi va jamiyati ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oladi.
Shaxmat fenomeni: Intellektual millat brendi
O‘zbekiston haqida dunyoda gap ketganda, keyingi yillarda futbol, boks, dzyudo yoki kurash bilan bir qatorda yana bir yo‘nalish alohida tilga olina boshladi – shaxmat. Ayniqsa 2017 yildan keyin shaxmat bo‘yicha yutuqlarimiz shunchalik jadallashdiki, qandaydir 5-6 yil ichida
O‘zmilliybank bayrog‘i Kazbekni zabt etdi
Insonning irodasi, jasorati va chidamliligini sinovdan o‘tkazadigan sport turlari orasida alpinizm alohida o‘rin tutadi. Yuksak cho‘qqilarni zabt etish nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki puxta tajriba, matonat va qat’iyatni ham talab qiladi. Ana shu fazilatlarni o‘zida mujassam etgan insonlar har bir ko‘tarilishni yangi marra va navbatdagi yutuq sifatida qabul qiladi.
Shavkat Mirziyoyev suv-motor sporti bo‘yicha Qirg‘iziston Gran-prisining ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)
Gran-pri Xalqaro suv-motor sporti ittifoqi shafeligida o‘tkazilayotgan «suvdagi Formula-1» nomi bilan mashhur bo‘lgan F1H2O jahon chempionatining ikkinchi bosqichi hisoblanadi.
Osiyo o‘yinlari oldidan: O‘zbekiston yangi sport markaziga aylanmoqdami?
Yaponiyaning Aychi va Nagoya shaharlari mezbonlik qiladigan XX Osiyo o‘yinlari nafaqat qit’aning eng yirik sport musobaqasi, balki yangi kuchlar nisbatini ko‘rsatib beruvchi muhim sinov bo‘ladi. So‘nggi yillarda xalqaro arenalarda barqaror natijalar qayd etayotgan
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda ilk xalqaro toifadagi golf klubi ochilishida qatnashdi (foto)
Davlat rahbarlari Sadir Japarov va xalqini yangi obyektning ochilishi bilan tabriklab, mamlakatning turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladilar.
Endi avtobus kutayotganda ham sport bilan shug‘ullanishingiz mumkin
Odatda jamoat transportini kutish qimmatli vaqtimizni havoga sovurishdek tuyuladi. Biroq, Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi bu tushunchani butkul o‘zgartirishga qaror qildi. Sergeli tumanidagi eng gavjum nuqtalardan birida joylashgan avtobus bekati negizida poytaxtning ilk sport-bekati barpo etildi.
Toshkentda ilk «sport» bekati paydo bo‘ldi
Bekat hududida vorkaut maydonchasi barpo etilib, qisqa muddatli jismoniy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan sport elementlari o‘rnatildi. Endi yo‘lovchilar avtobus kutish vaqtida yengil mashqlar bajarishi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston aholisining qancha qismi sport bilan shug‘ullanadi?
So‘nggi besh yil mobaynida jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchilar sonida sezilarli o‘sish kuzatildi.
O‘zbekistonda noolimpiya sport turlari uchun alohida konfederatsiya tashkil etilishi mumkin
O‘zbekistonda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilmagan sport turlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etish reja qilinmoqda.
«Men G‘olib Run» vatanparvarlik yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Bugun mamlakat bo‘ylab «Men G‘olib Run» vatanparvarlik yugurish musobaqasining bosqichlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasining 14 ta shahrida o‘tkazilib, unda qariyb 40 ming nafar ishtirokchi qatnashdi.
Okeaniya uzra o‘zbek polvonining zafari: Ruslan Nuriddinov Apiyada tengsiz deb topildi!
Ruslan Nuriddinov nafaqat O‘zbekiston, balki jahon og‘ir atletikasining afsonasi ekanligini yana bir karra isbotladi.
Osiyo chempionati: O‘zbekistonlik bokschilar 11 ta medal jamg‘arishdi
Mo‘g‘uliston poytaxtida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Mazkur musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
sport bilan doimiy shug‘ullanuvchilar soni ikki barobar oshiriladi
Ilmiy ishi xalqaro musobaqalarda medal olib kelgan olimlarga 100 million so‘mdan mukofot beriladi.
Har bir maktabda sport to‘garaklari uchun sharoit yaratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Yiqilgan emas, qayta tura olmagan yutqazadi – «Tokioga yo‘l» taqdimoti bo‘lib o‘tdi
“Tokioga yo‘l” filmi O‘zbekiston iftixori, boks bo‘yicha Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov faoliyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, u orqali Yangi O‘zbekistonda sport sohasidagi islohotlar natijadorligining amaliy isboti namoyish etilgan.
Ayrim futbolchilar 2029-yilgacha daromad solig‘idan ozod qilinadi
Shuningdek, Prezident qarori bilan Sport vazirligi huzurida Sport sohasida tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlar tartibga solindi
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni nazarda tutuvchi «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi O‘RQ–1123-sonli qonun qabul qilindi.
O‘zbekistonlik yosh xokkeychilar jahon chempionatida III divizion g‘olibiga aylanishdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston U18 terma jamoasi Gonkongda tashkil etilgan jahon chempionati III divizion «A» guruhi g‘olibi bo‘ldi.
Isroillik dzyudochilar xavfsizlik sabab Toshkentda o‘tgan musobaqani tark etdi
Isroil milliy dzyudo jamoasi xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatma ortidan Toshkentda o‘tayotgan xalqaro «Grand Slam» turnirida ishtirokni to‘xtatib, O‘zbekistonni zudlik bilan tark etdi.

