Sug‘orishda elektr xarajatlarini yarimgacha qoplash mexanizmi joriy etilmoqda
2026 yil 1 yanvardan boshlab ozuqabop va moyli ekinlar yetishtiruvchi, sug‘orish jarayonida o‘z balansidan nasos agregatlaridan foydalanadigan sub’yektlarga sarflangan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizi davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.

